Categoriebanner nieuw Boeken

Bedrijfsgeschiedenis

Filters

Bekijk ons aanbod Bedrijfsgeschiedenis

Welkom bij onze pagina gewijd aan boeken over bedrijfsgeschiedenis! Hier vind je een uitgebreide selectie van boeken die de fascinerende evolutie en ontwikkeling van bedrijven en hun impact op de wereld belichten. Of je nu geïnteresseerd bent in de pioniers van de industriële revolutie, de opkomst en ondergang van bekende merken, of de strategieën achter succesvolle ondernemingen, onze collectie biedt een schat aan inzichten. Ontdek de verhalen van visionaire ondernemers, de uitdagingen waarmee ze geconfronteerd werden en de lessen die we kunnen leren uit het verleden. Duik in de boeiende wereld van bedrijfsgeschiedenis en vergroot je kennis over de dynamiek van de zakenwereld. Blader door onze catalogus en vind het boek dat je nieuwsgierigheid prikkelt en je begrip van de bedrijfswereld verdiept.
125 resultaten
  1. Bahor Tuhfasi
    1. Sitora , Julliyeva

    Bahor Tuhfasi

    "Bahor Tuhfasi" - bu tabiatning o'zgarishi, yangi boshlanishlar va yangilanishlar haqidagi ajoyib bir ifoda. Bahor - yurtimizda o'tkazilgan qishdan keyingi eng yoqimli va tetiklashtiruvchi fasldir, u yer yuzini ko'kalamzorlashtirib, gullar ochib, yangi hayot boshlanishini bildiradi. Shu sababli, "Bahor Tuhfasi" nomi, bir tomondan, tabiatning qayta jonlanishini ifodalaydi, boshqa tomondan esa, inson ruhidagi yangilanish, yangi umidlar va imkoniyatlarning boshlanishini ramzlaydi. Kitobning nomi o'zida xuddi shu yangi hayotning, toza va sof hissiyotlarning, musaffo fikrlarning va ijodiy yangiliklarning belgisini olib keladi. Bu kitob, o'quvchilarga bahor bilan birga kela turuvchi yangi imkoniyatlarni, tushuncha va qarashlarni, o'zgarishlar va mukammallikka intilish tuyg'ularini his ettirishga qaratilgan."Bahor Tuhfasi" - bu o'zgarishlar va rivojlanish, yuksalish va o'sish yo'lidagi bir qadam, insonni ichki olamidagi bahorini topishga undaydi. Bu kitob orqali, o'quvchi o'zining yangi imkoniyatlarga, yangilanishga va hayotdagi barcha yuksakliklarga qadam qo'yishini sezadi.

    € 24,90
  2. NIHOL
    1. Dilnura , Meyliyeva

    NIHOL

    Hayot niholi-har bir insonning qalbida unadigan eng nozik, eng poktuyg'ulardan biridir."Nihol" deb nomlangan ushbu kitob-orzu va umidlar, izlanish va o'sish, sabr va bardosh yo'lida qadam tashlayotgan insonlarhaqidagi hikoyalardan iborat.Har bir bob - bir niholning nish urishi,har bir satr-qalbning titroq ohangidir.Bu asarda jamlangan voqealar va obrazlar hayotning turli jabhalarini yoritadi:mehr, fidoyilik, mehnat, va ba'zan sinovlar orasida yorug'likka intilganqalblarning qissasi.Kitobning har bir sahifasi sizni chuqur o'yga,o'zlikka nazar tashlashga, hayotdagi oddiy lahzalarni qadrlashga chorlaydi. "Nihol"-bu o'sish, yangilanish va ertangi kunga ishonch ramzi.Ushbu kitobnio'qib, siz ham qalbingizdagi niholga e'tibor berishni,uni parvarish qilishniunutmasligingizni istaymiz.

    € 24,90
  3. NOAN'ANAVIY XOMASHYO KONSERVA TAYYORLASH TEXNOLOGIYANI ISHLAB CHIQISH
    1. Shuxrat , Ataxanov
    2. Latifjon , Mamadjanov
    3. Mohirjon , Tuxtaboyev

    NOAN'ANAVIY XOMASHYO KONSERVA TAYYORLASH TEXNOLOGIYANI ISHLAB CHIQISH

    € 43,90
  4. Yosh yurak ovozi
    1. Quvonchbek , Toshbotirov

    Yosh yurak ovozi

    Adabiyot - xalq qalbining eng chuqur nidosi, shoir esa o'sha qalbning ohangdor ovozidir. Toshbotirov Quvonchbekning "Yosh yurak ovozi" nomli she'riy to'plami ana shunday samimiy, teran tuyg'ularga boy, yurakdan chiqqan satrlar majmuasidir.To'plamda ifodalangan she'rlar insonning ichki kechinmalari, muhabbat, Vatan tuyg'usi, yoshlik, orzu-umidlar va hayotning turli holatlarini yoritadi. Shoirning so'zga bo'lgan ehtiromi, obraz yaratish mahorati, badiiy vositalardan o'rinli foydalanishi uning she'riyatga mehr va e'tibor bilan yondashayotganini ko'rsatadi.Umuman olganda, "Yosh yurak ovozi" she'riy to'plami nafaqat adabiyot ixlosmandlari, balki har bir o'quvchi uchun ruhiy ozuqa bo'la oladigan asardir. Bu to'plam muallifning adabiy salohiyatini, badiiy tafakkurini yaqqol namoyon etadi va o'zbek she'riyati ravnaqiga munosib hissa qo'shadi.

    € 26,90
  5. Bolalikning beg¿ubor xotiralari
    1. Omadbek , Musayev

    Bolalikning beg¿ubor xotiralari

    Musayev Omadbekning "Bolalikning beg'ubor xotiralari" nomli hikoyalar to'plami yosh ijodkorning ilk to'plami. Ushbu hikoyalar to'plamida "Bekzodbekning G'alabaga yo'li", "Qalbdagi aka-ukalik", "Aka-ukalik va do'stlik sinovi", "Olisda qolgan bolalik" kabi hikoyalar orqali muallif bolalik davrining samimiy onlarini, oilaviy mehr-oqibat, do'stlik va g'alabaga intilish kabi hikoyalar berilgan, ushbu hikoyalar o'quvchini bolalik davrining pokiza, samimiy va unutilmas xotiralari tomon yetaklaydi. Har bir hikoya bolaning ichki dunyosini, orzu-umidlarini va kundalik hayotdagi oddiy, ammo mazmunli voqealarni yoritishda hayotiylik va samimiyat bilan yozilgan. Har bir hikoya chuqur mazmun, hayotiylik va hissiy ta'sir bilan ajralib turadi.

    € 24,90
  6. Qadimgi adabiyot namunalari
    1. Rayxon , O'dayeva

    Qadimgi adabiyot namunalari

    Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma qadimgi adabiyotning namunalaridan tuzilgan bo'lib, u qadimgi sharq adabiyoti, antik davr, o'rta asrlar davri adabiyoti, o'zbek mumtoz adabiyotini o'z ichiga oladi. O'quv-uslubiy qo'llanmaning maqsadi, qadimgi adabiyotning taraqqiyot bosqichlari va mashhur vakillarning hayotiy, ijodiy faoliyati hamda ularda ilgari surilgan g'oyalar haqida o'quvchilarni tanishtirishdan iborat. Qadimgi davr adabiyoti bo'yicha ma'lumotlar va manbalar hajm jihatidan juda katta bo'lganligi uchun qadimgi sharq adabiyoti, antik davr, o'rta asrlar davri adabiyoti, o'zbek mumtoz adabiyoti namoyondalarining ijodlariga ko'proq urg'u berilgan. Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma professional ta'lim tizimi uchun hamda politexnikumlar, ilmiy izlanuvchilar uchun mo'ljallangan.

    € 43,90
  7. KUMUSH SATRLAR
    1. Charos , Uralova

    KUMUSH SATRLAR

    Kumush satrlar - O'zbekiston yoshlarining ijodiy ishlari to'plami bo'lib, bu to'plamda yosh ijodkorlarning hikoyalari, she'rlari va maqolalari jamlangan. Ijod - insonning yangi moddiy va mänaviy ne¿matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste¿dodi namoyon bo¿ladi. O'zbekistonda bunday qobiliyatga ega ijodkorlar son-sanoqsiz. Ushbu to¿plam shu iste¿dodli yoshlarini dunyoga tanitishni maqsad qiladi.

    € 24,90
  8. HAYOT VARAQLARI
    1. Qurbonoy , Ochildiyeva

    HAYOT VARAQLARI

    Hayot - bu betakror kitob. Har bir inson uning sahifalarini o'zicha varaqlaydi, turli hikoyalar, sinovlar va yutuqlar bilan to'ldiradi. Ba'zan bu varaqlarquvonchga, ba'zan esa iztirobga yo'g'rilgan bo'ladi. Har bir tajriba - bu hayotdarsligi, har bir xotira - yurak daftarining ajralmas bir parchasi. Ushbu ijodiy to'plam hayot sahifalarini aks ettiruvchi hikoyalar, she'rlar, esseva fikrlarni o'z ichiga oladi. Unda qalb kechinmalari, orzular va hayothaqiqatlari mujassam. Siz bu kitob orqali turfa hayot yo'llari bilan tanishasiz, ba'zan o'zingizni topasiz, ba'zan esa boshqalarning taqdiri sizga saboq bo'libxizmat qiladi. Har bir varaqqa hayot nafasi singgan. Ushbu sahifalar sizga ilhom bag'ishlashi, yangi tafakkur ufqlarini ochishi va qalbingizga iliqlik baxsh etishi umidida. Hayot varaqlari siz bilan birga ochilsin!

    € 24,90
  9. ILMLI YOSHLAR
    1. Fayzulloyev , Abramat

    ILMLI YOSHLAR

    Har bir davrning taraqqiyoti va kelajagi ilmli yoshlar qo'lida. Bugungi globallashuv va texnologik yutuqlar zamonida bilimli, ijodkor va izlanuvchan yoshlar jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lib bormoqda. Ilmga chanqoq yoshlar nafaqat o'z hayotini, balki butun dunyo taqdirini ham o'zgartirishga qodir.Mazkur antologiya - ilm-fan, innovatsiya va ijodkorlik yo'lida intilayotgan yoshlar uchun ilhom manbai bo'lishni maqsad qilgan. Unda turli sohalarda izlanish olib borayotgan, yangi g'oyalar yaratgan va jamiyat rivojiga hissa qo'shayotgan yoshlarning hikoyalari, ilmiy maqolalari va fikrlari jamlangan. Ushbu to'plam yosh avlodni bilim olishga, kashfiyot qilishga va katta marralarni zabt etishga undash uchun yaratilgan.Antologiyada yoritilgan tajribalar, ilmiy izlanishlar va fikrlar nafaqat o'quvchilar uchun foydali bo'ladi, balki kelajak avlodga yo'l ko'rsatadigan mayoq vazifasini o'taydi. Ilm va ma'rifat yo'lida fidokorona xizmat qilayotgan yoshlarning harakati yurt ravnaqiga, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonchimiz komil.

    € 24,90
  10. IJODDAGI IZLARIM
    1. Maftuna , Zokirjonova

    IJODDAGI IZLARIM

    Har bir inson hayotida muhim burilish nuqtalari bo'ladi. Aynan shu onlarda biz kelajagimizni belgilaydigan qarorlarni qabul qilamiz. Ilk qadam esa ana shunday muhim bosqichlardan biri bo'lib, u insonni ulkan yutuqlarga yetaklashi yoki muvaffaqiyatsizliklarga duchor qilishi mumkin. Ushbu kitob yosh avlodning ilk qadamlari muvaffaqiyatli bo'lishi uchun yo'l- yo'riq ko'rsatish maqsadida yozilgan. Unda har bir insonning hayotida muhim o'rin tutadigan bilim olish, fidokorlik, ijodkorlik va mehnatsevarlik kabi fazilatlar haqida so'z yuritiladi. Shu bilan birga, o'z oldiga maqsad qo'yib, unga erishish yo'lida qat'iy harakat qilgan shaxslarning hayotiy tajribalari ham keltirilgan. Kitobning har bir bo'limida yoshlar uchun hayotiy saboqlar, ibratli hikoyalar va qimmatli maslahatlar jamlangan. Bu nafaqat bilim olish, balki kelajak sari dadil qadam tashlash uchun ham kuch-g'ayrat bag'ishlaydi. Umid qilamizki, ushbu kitob sizni yangi yutuqlarga ilhomlantiradi va muvaffaqiyat sari yo'naltiradi.Ilk qadam - bu faqat boshlanish, oldinda esa cheksiz imkoniyatlar dunyosi ochiq!

    € 24,90
  11. OZBEK TILI SINTAKTIK ANALIZATOR DASTURIY TA'MINOTINI YARATISH
    1. Alisher , Ismailov

    OZBEK TILI SINTAKTIK ANALIZATOR DASTURIY TA'MINOTINI YARATISH

    O¿zbek kompyuter lingvistikasi sohasida til korpusi, nutq sintezatori, avtomatik tarjima, sun'iy intellekt, özbek tilini tushunish va qayta ishlash borasida ilmiy izlanishlarga e'tibor qaratilmoqda.O`zbek tabiiy tilga ishlov berishning dastlabki bosqichlarini amalga oshiruvchi vositalar: tokenizator, stemmer, lemmatizatorlarni ishlab chiqish masalasida ilmiy-nazariy jihatdan yaxshi örganildi. O`zbek tili uchun morfoanalizator bo`yicha bir qancha ilmiy ishlab borilgan, lekin o`zbek tili uchun sintaktik analizator bo`yicha yetarlicha ilmiy-amaliy natijalar o`rganilmagan. Zero, "...davlat tilining sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikasiyalariga faol integratsiyalashuvini ta'minlash" hozirgi kunda özbek kompyuter lingvistikasi oldida turgan dolzarb vazifalardan biri hisobalanadi. Shunga köra, özbek tiliga zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida ishlov berilishiga erishish, buning uchun til korpuslari, elektron tarjimon, tezaurus, orfokorrektor, lingvistik analizatorlar kabi dastlabki avtomatik ishlov vositalari hamda ularning lingvistik ta'minotini yaratish singari masalal.

    € 60,90
  12. Yangi O'zbekistonning barkamol yoshlari
    1. Charos , Uralova

    Yangi O'zbekistonning barkamol yoshlari

    Qisqa davr ichida O'zbekiston xalqi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashiga asos bo'luvchi ulkan yutuqlarni qo'lga kiritdi. Yangi O'zbekiston davrida esa yurtimiz yoshlariga köplab e'tibor qaratilmoqda. Iqtidorli yoshlarning sifatli ta'lim olishi, ijod qilishi va ilmiy ish bilan shug¿ullanishi uchun munosib shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu antalogiyada O'zbekiston yosh olim va ijodkorlarining ilmiy maqola va ijodlari jamlangan.

    € 43,90