Gastronomik turizmni rivojlantirish muammosiga davlat darajasida e¿tibor berilayotgan bo`lib, kurs ishining mavzusi aynan shu dolzarb masalaga bag`ishlangan. Tadqiqot ishi doirasida rejalashtirilgan gastronomik xaritani yaratish Buxoro viloyatida turizmning bu tarmog`ini rivojlantirishga, chetdan keladigan turistlar oqimini oshishiga xizmat qiladi.Monografiya doirasida obyekt sifatida O`zbekiston gastronomik turizm tizimida faoliyat yurituvchi xo`jalik subyektlari o`rtasidagi munosabatlar majmui tanlangan. Monografiya mavzusi O`zbekistonda gastronomik turizmni rivojlantirishning imkoniyatlari bo`yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan.
Maxbuba Ruziyeva, Buxoro Davlat Universiteti o`qituvchisi.